"Yuventus" va "Liverpul" Daudga qiziqib qolishdi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2016
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi 20 yoshli futbolchisi Mahmud Daud "Liverpul" va "Yuventus" qiziqishiga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda Talksport.
Yurgen Klopp anchadan buyon Daudni kuzatib kelmoqda va uni yozdayoq sotib olmoqchi bo'lgandi. Turin klubi esa "Borussiya"ga yanvar oyida transfer borasida taklif bilan chiqmoqchi.
 
Bu mavsumda Daud 7ta o'yin o'tkazib 1ta gol  urdi va 1ta golli pas berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: talksport