“Yuventus” sobiq yarim himoyachisi Jerrard klubiga o'tishdan bosh tortgani ma'lum bo'ldi

Klaudio Markizio “Glazgo Reynjers” klubiga o'tishi mumkin edi.

Ma'lum bo'lishicha, “Yuventus” va “Zenit” klublari sobiq vakili Klaudio Markizio yozgi transferlar vaqtida “Reynjers” taklifini rad etgan. Eslatib o'tamiz, klubni ayni damda Stiven Jerrard boshqarmoqda.

Markizio ayni damda erkin agent maqomida va klubsiz qolgan. U aprelda tizzasini operaciya qildirgan edi.


Manba: Gazetta.it