"Yuventus" sobiq himoyachisi jamoaga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 may 2024
Jorjo Kellini "keksa sinora"dagi texnik lavozimlardan birini egallaydi.

Turinning "Yuventus" klubi sobiq himoyachisi Jorjo Kellini jamoaga qaytishi mumkin, deya xabar berdi "La Gazzetta Dello Sport".



Qayd etilishicha, 39 yoshli Kellini "keksa sinora"da texnik lavozimlardan birini band etadi.

Eslatib o'tamiz, Jorjo Kellini futbolchilik faoliyatini dekabr oyida Amerikaning "Los-Anjeles"ida yakunlagan va 2024 yilning yanvar oyidan boshlab kaliforniyaliklar ustozi Stiv Cherandolo shtabida o'yinchilarni rivojlantirish bo'yicha murabbiy sifatida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport