"Yuventus" sobiq futbolchisiga 6 oylik shartli qamoq jazosi berildi

Mirjalol Normatov
13 fev 2025, 22:44
Daniele Rugani mast holda mashina haydagani uchun shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bugun Turinda 2023 yilning 21 iyul kunida bo'lgan voqelik borasida sud ishlari bo'lib o'tdi. O'shanda "Yuventus"da o'ynab turgan futbolchi alkogol qabul qilgan holatda rulda bo'lgan va boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi tomonga o'tib ketgan. Lekin u boshqa avtoulovlarga zarar etkazmagan.

Voqea joyiga yetib borgan mahalliy policiya a'zolari futbolchini alkotestyerdan o'tkazgan va unda normasidan 3 baravar ko'p alkogol aniqlangan. Ruganiga 6 oylik shartli qamoq jazosi berildi va haydovchilik guvohnomasi olib qo'yildi. Shuningdek, 2 ming evro jarimaga tortildi. Shuningdek, uning "Maserati Levante Trofeo" mashinasi musodara qilindi. Italiyalik futbolchi appelyaciya bermoqchi.

Daniele Rugani ushbu mavsumni "Ayaks"da ijara asosida o'ynamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Torino Today