“Yuventus” sobiq a'zosi: “Ronaldu hech qayerda yetakchi bo'lmagan va bo'lmaydi ham”

Eldor Akmurzayev
13 apr 2021
Turinliklar sobiq yarim himoyachisi Massimo Mauro “Yuve” forvardi Krishtianu Ronaldu haqida keskin fikr bildirdi.

“Ronaldu o'z o'ynagan joylarda hech qachon yetakchi bo'lmagan va bunday bo'lmaydi ham. U kompaniyaga o'xshash, uning uchun daromad jamoaning muvaffaqiyatidan ko'ra muhimroq hisoblanadi.

Krishtianu sheriklarini o'zi bilan etaklay olmaydi, u doimo gol urish uchun jamoadoshlaridan to'p oshirishni kutadi. U jamoaviy o'yinchi emas, u faqat o'zini o'ylaydi.

Agar natijalar haqida gapiradigan bo'lsak, “Yuventus” u bilan oldingidan ko'ra yaxshiroq bo'lolmadi, Chempionlar Ligasida esa avvalgidan ham yomonroq ishtirok etishdi. Shu bois “Yuventus” va Ronaldu uchun eng yaxshi qaror bu xayrlashish bo'ladi”, deydi Mauro.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal