"Yuventus" shveytsariyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2022
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya qishki transfer oynasi yopilgunga qadar "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yozda erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi uchun Turin klubi 7 million evro to'lashga tayyor.

Agar shveytsariyalikning transferi amalga oshsa, "keksa sinora" Rodrigo Bentankur yoki Arturni qo'yib yuboradi.

Zakariya joriy mavsumda "Borussiya M" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 27 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano

O'xshash yangiliklar