"Yuventus" Sancho uchun 17,3 million evro taklif qildi, MYU esa ko'proq so'rayapti

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2025
"Yuventus" Jeydon Sancho bo'yicha taklifini yubordi.

Jurnalist Alfredo Pedulla ma'lumotlariga ko'ra, turinliklar 25 yoshli vinger uchun 15 million funt (taxminan 17,3 million evro) taklif qildi. "Manchester Yunayted" esa 25 million evro so'ramoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" allaqachon Sancho hamda uning atrofidagilar bilan kelishuvga erishgan va kelishuvni yakunlash uchun faqat MYU bilan kelishib olish qolgan.

O'tgan mavsumda Jeydon "Chelsi"da ijara asosida o'ynadi. U barcha turnirlarda 42 o'yinda 5 ta gol urib, 10 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: alfredopedulla.com