"Yuventus" Ruganini "Kalyari"ga ijaraga berdi. Himoyachi "Renn" tarkibida 2ta o'yinda maydonga tushdi

Alisher
2 fev 2021, 11:23
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani ijara asosida harakat qilgan "Renn" klubini muddatidan oldin tark etdi.

Turin klubi 26 yoshli italiyalik futbolchini mavsum so'nggiga qadar "Kalyari" klubiga ijaraga berib yubordi.

Rugani mavsum davomida Fransiyada atigi 2ta o'yin o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" bunga qadar Danieleni 2013-2015 yillarda "Empoli"ga ijaraga bergan.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com