

Tibbiy tekshiruv xulosalariga ko'ra, futbolchining o'ng oyog'i son sohasida jarohati aniqlangan. Shu boisdan portugaliyalik yana bir necha tekshiruvlardan o'tadi. Shundan keyin u qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 10 aprel kuni YCHLning chorak finalida "Ayaks"ga qarshi bahs olib boradi.



