"Yuventus" "Real" futbolchisi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
11 okt 2018
"Yuventus" ayni damda "Bavariya"da ijara asosida faoliyat olib borayotgan "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni sotib olishga harakat qilmoqda.

Football Espana xabariga ko'ra, "Bavariya" kolumbiyalikni sotib olish huquqidan foydalanmasagina "keksa sinora" uni sotib olishga harakat qilib ko'radi. Italiya grandi futbolchini sotib olish uchun 70 mln evro tayyorlamoqda.

Bu mavsumda Xames "Bavariya" tarkibida 8 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, shuncha golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana