

Italiya klubi 20 yoshli fransiyalik o'yinchini sotib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Nsoki o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushgan. Uning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.
Transfermarkt himoyachini 8,5 million evroga baholamoqda. Futbolchi 2017 yildan buyon Fransiyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynab kelmoqda.
Stenli Nsoki "Pari Sen-Jermen" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.




