"Yuventus" PSJ futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
21 dek 2024
"Yuventus" yangi markaziy hujumchi izlash harakatiga tushgan.

Turinliklar PSJga kerak bo'lgan qolgan hujumchi Kolo Muanini nishonga olishgan. "Byankoneri"da shuningdek Jakomo Raspadori va Joshua Zirkzee variantlari bor.

Oldinroq, PSJning Randal Kolo Muanini qishki transfer oynasida qo'yib yuborishga tayyorligi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi Luis Enrikening rejalariga kirmaydi.


AlisherMuallif
Manba: La Stampa