"Yuventus" prezidenti: "Superliga allaqachon tashkil topib bo'lgan"

Оқил Абдубарноев
29 apr 2022
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Yevropa Superligasi haqida gapirdi.

"Xalqaro tashkilotning shiddatli munosabati kishini o'ylantirib qo'yadi, bazilarning qo'rquviga ham sabab bo'ldi. Tashabbusingizni qo'llab-quvvatlash uchun ishonchingiz komil bo'lishi kerak. Biz xotirjamlik bilan Yevropa sudining qarorini kutamiz. Cheferin bilan aloqamiz uzildi. Istedodlar eng yaxshi maosh oladigan joyga boradilar. Superliga allaqachon mavjud bo'lib ulgurgan, bu - APL. Premer-liga yiliga 4,2 milliard evro ishlab oladi va barcha iqtidorlarni o'ziga jalb qiladi", - dedi Anelli.

Avvalroq "Real", "Barselona" va "Yuventus" Superliga tashkil etgani uchun 15 million evrodan jarima to'lamasa, Chempionlar ligasi musobaqasidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Tuttosport