"Yuventus" "Portu" futbolchisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
29 okt 2024
"Yuventus" "Portu"dan Fransishku Konseysauni muddatidan avval 30 million evroga sotib olmoqchi.

Klub portugaliyalikning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda, jamoa bosh murabbiyi Tyago Motta esa uni jamoaning muhim a'zosi, deb hisoblamoqda.

Joriy mavsum Konseysau "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 tadan gol hamda assist qayd etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gazzetta.it