"Yuventus" Pogba uchun kurashdan chiqdi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Yuventus" "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning transferidan voz kechdi.

Oldinroq "Daily Mail" nashri turinliklar futbolchini qaytarish uchun 150 million evro to'lashga tayyorligi borasida ma'lumot bergandi.

Ammo mankunianliklar fransiyalikning narxini 170 million evrogacha ko'targanidan keyin "Yuve" transferdan voz kechgan.

Endi Pogba uchun asosiy davogar "Real" bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail