"Yuventus" Pogba uchun bo'layotgan poygada yetakchi bo'lib turibdi

Alisher
20 mar 2020
"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani o'z safiga qo'shib olish uchun ko'proq imkoniyatga ega.

Xabarlarga ko'ra, turinliklar uchun muhim vosita bu klub rahbarlari bilan munosabatlari yaxshi bo'lgan agent Mino Rayoladir.

Oldinroq xabar berilganidek, fransiyalik futbolchiga shuningdek Madridning "Real" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.

MYU esa bor kuchi bilan xavbekni jamoada saqlab qolishga urinmoqda. Bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher ham Pogbaning "Old Trafford"da qolishini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport