Yuventus – Parma 7:0. Mehmonlar Italiya chempionatida o'z tarixlaridagi eng yirik mag'lubiyatni tan olishdi

Italiya chempionatining 11-turida "Yuventus" "Parma"ni tor-mor etdi.
Bu natija "Parma" tarixida Italiya chempionati doirasidagi eng yirik  mag'lubiyat bo'ldi.
Bungacha "Parma" A seriyada "Inter" (2012 yil)  "Yuventus"ga (1991 yil) 5:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
1932 yilda esa B seriya doirasida "Parma" "Atalanta"dan 7:0 hisobidagi yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan.

Manba: sports.ru