"Yuventus" o'z yarim himoyachisi bilan bog'liq mish-mishlarni rad etdi

Sherzod Nurmatov
12 dek 2023
Matias Soule mavsum oxirigacha "Frozinone"da ijarada qoladi.

Italiyaning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Matias Soulening Angliya Premer-ligasiga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

"Soule "Frozinone"da iyungacha ijarada qoladi", – dedi "keksa sinora" direktori Jovanni Manna.

20 yoshli Matias Soule joriy mavsum "Frozinone" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Soulega "Nyukasl" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano