Yuventus o'z uyidagi ketma-ket g'alabalar soni bo'yicha Italiya rekordini o'rnatdi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2017
Yuventus Italiya A seriyasi 19-turida Bolonyaga qarshi o'yinda (3:0) g'alabaga erishdi.

Bu Yuventusning Italiya A seriyasida o'z maydonidagi ketma-ket 26-g'alaba bo'ldi. Shu tariqa, Turin klubi o'zining 2013-14 yildagi natijani yangilab rekord qayd etdi.

Hozirgi seriya 2015 yil 4 oktyabr kuni Bolonya bilan o'yindan (3:1) boshlangan edi.

Mana shu 26ta o'yinda Yuventus 62ta gol urdi va 9ta gol o'tazib yubordi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ESPNStatsInfo