"Yuventus" "Napoli"ga Milik uchun talab qilingan puli to'lashni xohlamayapti

Alisher
28 dek 2020, 13:00
"Napoli" forvardi Arkadiush Milik "Yuventus"ning yanvardagi transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ammo klublar hali futbolchining transferi borasida kelishuvga erishganicha yo'q. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Napoli" 15 mln evro talab qilmoqda. "Yuventus" esa shartnoma bo'yicha so'nggi yili ketayotgan o'yinchi uchun bu narx yuqori deb hisoblamoqda.

26 yoshli polshalik forvardi joriy mavsum maydonga tushmadi, hattoki u jamoa qaydnomasida ham yo'q.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira