"Yuventus" "Napoli" futbolchisi bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
8 may 2020, 21:55
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik Turin klubiga kerak.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Yuventus" 26 yoshli futbolchining transferi borasida ishlar olib bormoqda. "Napoli" o'z hujumchisini 40 mln evroga baholamoqda.

Ushbu yozda Turin jamoasini tark etishi kutilayotgan Gonsalo Iguainning o'rniga aynan Milik mos ko'rilmoqda.

Ushbu mavsumda Milik A Seriyada 16 o'yinda 9 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato