"Yuventus" Moyze Kin ketsa, Arnautovichni xarid qilishga tayyor

Alisher
15 avg 2022
"Yuventus" "Bolonya" forvardi Marko Arnautovichning xarid variantini ko'rib chiqmoqda.

Turinliklar "Everton"dan ijaraga olingan Moyze Kin ketsa, o'yinchini xarid qilishmoqchi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, 33 yoshli avstriyalikni MYU xarid qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Ammo, manchesterliklar "Bolonya" bilan shartlar borasida kelisha olishmadi, sababi italyan klubi futbolchi uchun 14 million evro to'ladi.

Arnautovich o'tgan mavsum "Bolonya" tarkibida 34ta o'yinda 15ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali forvardni 6 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira