

Avvalroq, agar "byankonerilar" kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, murabbiy turinliklar klubidan iste'foga chiqarilishi ma'lum bo'lgandi.
"Yuventus" allaqachon Mottening o'rniga variantlarni o'rganib chiqmoqda. Ular orasida "Atalanta" ustozi Jan Pero Gasperini ham bor. Takidlanishicha, u turinliklar ustozi bo'lishga qarshi emas.
Shuningdek, "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontening qaytishi ham ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, "Yuventus"ga "Marsel" murabbiyi Roberto De Zerbi ham qiziq.
Yana bir nomzod - Igor Tudor 2024 yilda "Lacio"dan iste'foga chiqarilgach, ishsiz qolgan. Biroq, barcha sanab o'tilganlardan uning tayinlanishi eng kam ehtimolli deb atalmoqda.



