"Yuventus" Milikning ijarasini e'lon qildi

Alisher
26 avg 2022
"Marsel" forvardi Arkadiush Milik "Yuventus"ga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

28 yoshli polyak bilan ijara kelishuvi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Ijara "Yuventus"ga 800 ming evroga tushdi. Turinliklar o'yinchini 7 mln evro (+2 mln evro bonuslar) evaziga xarid qilishlari mumkin.

Milik "Marsel"ga 2021 yilning yanvarida "Napoli"dan o'tgan edi. U francuz klubi tarkibida 55ta o'yinda 30ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc