"Yuventus" Milik bilan kelishuvga erishdi. "Napoli"ga Bernardeski, Pellegrini yoki Romero o'tishi mumkin

Alisher
28 iyul 2020
"Yuventus" "Napoli" forvardi Arkadiush Milikning shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endi turinliklar polyakning transferi bo'yicha Neapol klubi bilan kelishishiga to'g'ri keladi.

"Napoli" o'z navbatida "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskining bitimga kirishini xohlamoqda.

Bundan tashqari, "Napoli" "keksa sinora" himoyachilaridan Luka Pellegrini yoki Kristian Romeroga qiziqishi mumkin. Ular ayni damda mos ravishda "Kalyari" va "Jenoa" jamoalarida ijara asosida o'ynamoqda.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com