"Yuventus" Mbappeni jamoaga taklif qilishga tayyor

Alisher
15 fev 2020, 11:10
"Yuventus" PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqmoqda.

Turinliklar futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda va uni tez orada jamoaga taklif qilmoqchi.

"Yuventus" Mbappe uchun bu yo'lda "Liverpul" va "Real" klublari bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

PSJ Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda, klub uning maoshini uch baravar oshirmoqchi.

Fransiyalik o'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 7ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com