"Yuventus" mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani uchun Duglas Luisni 40-120 ming evro jarimaga tortadi. Xavbek Angliyaga yo'l olmoqchi

Alisher Ostonov
27 iyul 2025
"Yuventus" Duglas Luisni jazolashga qaror qildi.

Mashg'ulotlar qayta boshlangan kuni braziliyalik yarim himoyachi yig'ilishda ishtirok etmadi. U sababini tushuntirmasdan uchrashuvni o'tkazib yubordi va hali ham qarorgohga yetib kelmadi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, xavbek 40 mingdan 120 ming evrogacha, yani hisoblangan oylik maoshining 5 foizidan 15 foizigacha to'lashi kerak bo'ladi. Summa o'tkazib yuborilgan kunlar soniga bog'liq bo'ladi. Futbolchi "byankoneri"ga kelasi hafta kelishini ma'lum qilgan.

Takidlanishicha, Luis Angliyaga qaytishni istamoqda va "Yuventus" unga munosib taklif tushsa, qo'yib yuborishga tayyor. Majburiy sotib olish sharti bilan ijara amalga oshishi mumkin.

Duglasga asosiy davogar sifatida "Everton" tilga olinmoqda, u "Vest Xem" va "Nottingem Forest"ga ham qiziq.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gazzetta.it