"Yuventus" "Manchester Yunayted" xavbekini nishonga oldi

Alisher
1 noya 2019
"Manchester Yunayted" xavbeki Taxit Chong "Yuventus" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

19 yoshli o'yinchi o'zining o'yinlari bilan "keksa sinora"ning e'tiborini tortdi. "Qizil iblislar" esa o'yinchini Pogbaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Chongning "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Gollandiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Yosh futbolchi 2018 yildan buyon "qizillar"ning asosiy jamoasida shug'ullanmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail