

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "keksa sinora" 24 yoshli amerikalik o'yinchi uchun 40 million evro xohlamoqda.
Turin grandi ishlangan pullarni yangi futbolchilarning xaridiga sarflashni rejalashtirmoqda.
Ueston 2020 yildan beri "Yuventus"da o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Turin jamoasi tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



