"Yuventus" Lokatelli uchun "Sassuolo"ga 30 million evro va ikki futbolchisini taklif qiladi

Alisher
22 iyun 2021
"Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Turin klubi italiyalik futbolchi uchun 30 million evro, shuningdek bitimga himoyachi Radu Dragushina va hujumchi Marko da Grakuni qo'shishga tayyor.

"Yuventus" va "Sassuolo" vakillari transferning barcha shartlarini muhokama qilish va kelishuvga erishish uchun ushbu haftada uchrashuv o'tkazishadi.

Lokatelli shaxsiy shartnoma bo'yicha "keksa sinora" bilan kelishuvga erishib bo'lgan. Bitim 2026 yilga qadar imzolanadi, 23 yoshli futbolchining yillik maoshi esa 3 million evroni tashkil etadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning "Sassuolo" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira