"Yuventus" Kuadrado bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
15 apr 2022
"Yuventus" yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

33 yoshli kolumbiyalik 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Kuadrado "Yuventus"da 2015 yildan beri o'ynaydi. Yarim himoyachi Turin klubi safida 262ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 53ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com