"Yuventus" koreyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
19 mar 2021
"Valensiya" yarim himoyachisi Li Kan In faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi.

Goal'ning xabariga ko'ra, "Yuventus" 20 yoshli koreyalik futbolchini o'z safiga jalb qilmoqchi.

In joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Li 2019 yildan beri Janubiy Koreya terma jamoasida o'ynaydi. U ispan klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal