"Yuventus" Kessieni ijaraga olmoqchi, lekin bu boshqa futbolchilarning ketishiga bog'liq

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2023, 07:58
"Yuventus" Frank Kessieni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Lekin buning uchun jamoadagi yarim himoyachilarni kamaytirish lozim. 

Buning uchun nafaqat Pol Pogba "Al Ahli"ga sotilishi kerak, balki Artur, Ueston Makkenni yoki Denis Zakariya uchun ham yangi jamoalar topilishi lozim. 

Agar yarim himoya chizig'ida bo'sh joy topiladigan bo'lsa, bosh murabbiy Massimiliano Allegri Kessiening ijarasiga rozi bo'lgan. 

"Barselona" futbolchisi Kessie o'tgan mavsumda La Ligada 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo