"Yuventus" Kenan Yildizni qo'yib yubormaydi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 10:25
"Keksa sinora" turkiyalik yarim himoyachini top-futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Turinning "Yuventus" klubi hujumkor yarim himoyachi Kenan Yildizni ijaraga berish niyatida emas, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Bir qancha klublar yanvar oyida turkiyalik xavbekni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish borasida murojaat qilishdi, ammo "keksa sinora" bunga e'tibor bermadi, chunki ular 18 yoshli Yildizni kelajakda top-futbolchi sifatida ko'rishmoqda. "Yuventus" yozda ham ikkita taklifni rad etgandi. 

Yildiz ushbu mavsum 5 ta o'yinda 36 daqiqa o'ynadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira