

Turin klubi o'tgan yozda ham futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilgan, yakunda esa argentinalik futbolchi Fransiyaga yo'l olgan edi. "Keksa sinora" keyingi yilda ham forvard uchun harakat qilib ko'rmoqchi.
Ikardi joriy mavsum Fransiya chempionatida 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
26 yoshli futbolchi faoliyatini "Sampdoriya"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining transfer huquqi Milanning "Inter" klubiga tegishlidir.



