"Yuventus" "Jenoa" yarim himoyachisi bo'yicha muzokaralarni yakunladi

"Yuventus" "Jenoa"ning iqtidorli futbolchisi Nikolo Rovellaning transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi", deya xabar qilmoqda jurnalist Fabricio Romano.

Turinliklar 19 yoshli futbolchi uchun 10 million evro to'laydi. Biroq, Rovella joriy mavsum yakuniga qadar "Jenoa"ga ijaraga beriladi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Genuya jamoasi tarkibi 10 ta o'yin o'tkazgan italiyalik yarim himoyachi gol yoki assist qayd emagan.

"Jenoa" 13 yanvar kuni "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi (Italiya kubogi, 1/8 final). 

"Keksa sinora" rahbariyati hamyurtimiz Eldor Shomurodovga ham qiziqish bildirmoqda. Saytimiz xodimi Eldor Akmurzaevning shu mavzuda yozgan maqolasini o'qing:

“Yuventus” qiziqayotgan markaziy hujumchilar: Jiru, Shomurodov... 


Manba: championat.asia