Yuventus Grinvud uchun MYUga qancha taklif qilgani ma'lum

Khoja
14 iyun 2024, 09:41
Manchester Yunayted futbolchisi Meyson Grinvud faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Yuventus angliyalik futbolchi transferi uchun qizil iblislarga 40 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan. Hozircha muzokaralar davom etmoqda va katta ehtimol bilan MYU ushbu summaga rozi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Xetafe"da o'tkazdi va 36ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com