"Yuventus" Dibalani sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019
"Yuventus" klubi "Benfika" vingeri Joau Felishni xaridiga pul topish uchun jamoa hujumchisi Paulo Dibalani sotishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" 19 yoshli futbolchini Lissabon klubidan sotib olmoqchi. Biroq uning transferiga kamida 100 mln. evro kerak bo'ladi. Italiya chempioni bu pulni argentinalik hujumchini pullash orqali topish niyatida.

Joriy mavsum Dibala "Yuventus" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 6ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport