

20 kishi qatnashgan tungi bazmga yarim himoyachilar Ueston Makkenni va Artur, shuningdek, hujumchi Paulo Dibala tashrif buyurgan. Kecha Makkenniga tegishli bo'lgan villada bo'lib o'tgan.
“Yuventus” rahbariyati ushbu voqeadan juda g'azablangan. Klub uch futbolchini jamoa o'yinlaridan chetlatishi mumkin. Ular 3 apreldagi “Torino”ga qarshi derbini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Artur lazaretdaligi tufayli bo'lajak bahsda qatnashmasligi aniq edi. Dibala esa 2 oylik jarohatidan so'ng, “Yuve” qaydnomasiga qaytishi kutilgandi.



