"Yuventus" Di Mariyaga yiliga 7 mln evrolik maosh taklif qiladi

Alisher
17 may 2022, 10:16
PSJ forvardi Anxel Di Mariya faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Yuventus" yozda erkin agentga aylanadigan 34 yoshli argentinalik bilan kelishuvga erishishi mumkin.

Turin klubi o'yinchiga yiliga 7 mln evrolik maosh taklif qilishga tayyor. Kelishuvda bitimni uzaytirish bandi ham qo'shiladi.

Di Mariya joriy mavsum PSJ tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira