

"Yuventus" klubi tarkibidagi beshta o'yinchi bilan yozda xayrlashish niyatida. Klub A Seriyadagi ochkolaridan quruq qolishi aniq bo'lgach, YCHLga chiqa olmasligi ma'lum bo'lmoqda. Bu esa "Yuve"ning foydasini kamaytirib yuboradi.
Shu sabab ham "Yuventus" yozda Rabo, Aleks Sandro, Kaudrado, Paredes va Di Mariya bilan xayrlashish maqsadida. Buning natijasida klub maoshlardan 70 mln evro tejab qoladi.
Ma'lumot uchun, yuqorida sanab o'tilgan o'yinchilarning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



