"Yuventus" Brunu Alveshga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2019
"Parma" himoyachisi Brunu Alvesh tez orada jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Sky Sport Italia" nashri xabar berishicha, Turinda jarohat olgan himoyachilar soni ko'pligi tufayli "Yuventus" portugaliyalikka qiziqish bildirgan. Ma'lumotlarga qaraganda, bugun 37 yoshli Brunu Alvesh bilan muzokaralar o'tkazilishi kerak.

Brunu A Seriyaning bu yilgi mavsumida 20 uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta gol urdi. Eslatib o'tamiz, futbolchining "Parma" bilan tuzgan shartnomasi muddati shu yilning 30 iyunida o'z nihoyasiga etadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footballhd.ru