"Yuventus" Bernardeskining ketishini e'lon qildi. Vinger klubda 5 mavsumni o'tkazdi

Alisher
30 iyun 2022
"Yuventus" Federiko Bernardeskining ketishini e'lon qildi.

Vinger Turin klubini erkin agent maqomida tark etmoqda.

Federiko "Yuventus" safida 5 mavsum o'ynadi, u bu vaqt davomida uch bor A Seriya chempioni, shuningdek ikki bor mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Futbolchi "keksa sinora" tarkibida jami 183ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 20ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com