Yuventus Barselonaga 50 million evro to'lashga tayyor

Khoja
15 yanv 2025
Yuventusga Barselona himoyachisi Ronald Arauxo kerak.

Turin klubi kataloniyaliklar so'rayotgan 50 million evroni to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Bu haqida italiyalik insayder Janluka Di Marcio ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Arauxoning Barselona bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum jarohat sabab atigi bittagina uchrashuvda maydonga tushdi va golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com