"Yuventus" "Ayaks" forvardi Antoni bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
30 apr 2022
"Yuventus" "Ayaks" hujumchisi Antoniga qiziqmoqda.

Turin klubi hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va yaqin vaqtlarda 22 yoshli braziliyalikning transferi borasida muzokaralarni boshlamoqchi.

Antoni 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" libosida 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Oldinroq xabar berilganidek, forvard uchun PSJ, "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" davogarlik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato