“Yuventus” “Atletiko M”ga qarshi o'yin oldidan asosiy tarkib futbolchisidan ayrildi

Turinning “Yuventus” klubi 19 sentyabr kuni YCHL 1-turi doirasida Madridda “Atletiko” mehmoni bo'ladi.

Mazkur uchrashuvni turinliklarning braziliyalik vingeri Duglas Kosta o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 29 yoshli futbolchi A Ceriya 3-turida “Fiorentina”ga qarshi o'yinda jarohat orttirib oldi. Endi futbolchi kamida 2 hafta maydonga tushmaydi.

Joriy mavsum Kosta A Ceriyada 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatma berishga ulgurgandi.


Manba: Football Italia