"Yuventus" Allegri o'rniga 3 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024, 18:59
"Yuventus" Massimiliano Allegri ketsa, bosh murabbiylik uchun nomzodlar borasida bir qarorga keldi.

Bu haqda "La Gazzetto dello Sport" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ro'yxatga Tiago Motta ("Bolonya"), Vinchenco Italyano ("Fiorentina") va Raffaele Palladino ("Monca") kiritilgan.

Allegrining klubdagi kelajagi jamoaning joriy mavsumdagi natijasiga bog'liq bo'ladi.

Ayni damda "Yuventus" 59 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetto dello Sport