"Yuventus" 40 millionlik transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
20 iyul 2022
"Yuventus" himoyachi Gleyson Bremerning "Torino"dan sotib olinganligini ma'lum qildi.

Braziliyalik futbolchi bilan Turin klubi 5 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Yuventus" transfer uchun 40 million evro to'lagan, shuningdek, yana 7 million evro bonuslar tarzida vada qilingan.

O'tgan mavsumda Bremer A Seriyaning 33 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia