"Yuventus" 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023
Sport direktori Kristiano Juntoli oldida juda ko'p ish bor.

"Yuventus" Voycex Shensni, Adrien Rabo, Federiko Gatti va Federiko Keza bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport". 

"Keksa sinora"ning sport direktori Kristiano Juntoli bu masalani ortga surmoqchi emas.

Kelasi yozda erkin agentga aylanadigan Adrien Rabo bilan muammo tezda hal qilinishi kerak. Fransiyalik futbolchiga yo 7 million evro evaziga bir yillik yangi shartnoma yoki maoshi qisqartirilgan uzoq muddatli shartnoma taklif etiladi.

Shensni va Gattiga maoshni kamaytirish taklif qilinadi. Ammo 2025 yilning yoziga qadar shartnomasi bor Federiko Keza bilan vaziyat boshqacha. U "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etmasligiga ishontirdi. Buning evaziga Keza yaxshi moliyaviy sharoitlarni talab qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport