"Yuventus" 35 yoshli Kuadradoga yangi shartnoma taklif etdi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 19:43
"Byankoneri" futbolchiga ishonch bildirishda davom etmoqchi.

"Yuventus" yarim himoyachi Xuan Kuadradoga yangi shartnoma taklif qildi, bu haqda futbolchining o'zi e'lon qildi. Futbolchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi.

"Ular menga yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo hozir bu haqda o'ylamayapman. Bu haqda keyinroq gaplashamiz, dedim. Kelishuvga erishamiz va yuqori saviyada o'ynashda davom etaman degan umiddaman", – dedi kolumbiyalik futbolchi.

Kuadrado Turin klubida 2015 yildan buyon to'p tepadi. 35 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qildi.

Avvalroq "Yuventus" Zanoloni A Seriyaga qaytarmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia